uz
Главная Aktual yangiliklar COVID-19 tarqalishi uchun eng yaxshi sharoit malum qilindi

COVID-19 tarqalishi uchun eng yaxshi sharoit malum qilindi

COVID-19 tarqalishi uchun eng yaxshi sharoit malum qilindi
Ko'rishlar: 63
14.06.2020 08:04

SARS-CoV-2 koronavirusi quruq va salqin iqlimga ega mintaqalarda tez tarqaladi. Olimlarning xalqaro guruhi olib borgan tadqiqotlarida shu haqda gap boradi. Tadqiqot natijalari yaqinda Amerikaning JAMA Network Open tibbiyot assosiasiyasi jurnalida e`lon qilindi.
 

Tadqiqot doirasida olimlar virus dunyoning 50 ta shahrida qanday tarqalishini baholadilar. Ularning ichidan virus tarqalishi juda tez kechayotgan sakkizta shahar – Uxan, Tokio, Tegu, Kum, Milan, Parij, Sietl va Madrid shaharlari ajratib olindi.
Tadqiqotchilar ushbu shaharlarning hammasi 30-50 daraja shimoliy kengilikda joylashganiga e`tibor qaratishdi.

Bu shuningdek, AQShning kontinental qismidagi janubiy va shimoliy chegaralariga ham to`g`ri kelmoqda. Ushbu «yo`lakda» joylashgan shaharlarda koronavirus tarqalishi eng cho`qqiga chiqqan paytda ob-havo taxminan bir xil bo`lgan. Ob-havo 44-84 foiz namlik sharoitida besh darajadan 10 darajagacha iliq bo`lgan.

«Bizning fikrimizcha, SARS-CoV-2 virusi harorat va namlik yuqori bo`lgan sharoitda sust tarqaladi», — deydi UPI agentligiga tadqiqot ishtirokchilarining biri, Merilend shtati Universiteti qoshidagi virusologiya instituti professori Muhammad Sajadi.

bdfgfdgdg – fsdfsdfsd
30.08.2020 12:33

Video yangiliklar

Ko'proq ko'rish
14.06.2020 08:41
Tiago Silva «PSJni tark etishi ma’lum bo’lgach, unga APLdan taklif tushdi.  «Everton» klubi «PSJ»ni…
Tafsilotga qarang
14.06.2020 08:27
Buyuk Britaniyaning Kembrij va Grinvich universitetlari olimlari tomonidan olib borilgan yangi tadqiqot natijalariga ko`ra,…
Tafsilotga qarang
svg_pause svg_search